Xizmatlar

Sizga mos variantni tanlang

💻

Onlayn bepul konsultatsiya

Bizning aloqa telefonlarimiz orqali yoki telegram manzilimizga murojaat qilsangiz mutaxassislarimizdan o'zingizga zarur bo'lgan ma'lumotlarni olasiz.

🔄

Ijaraga olish

Qisqa muddatli foydalanish uchun ideal variant. Biz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish va o‘rnatish bilan moslashuvchan ijaraga olish shartlarini taklif qilamiz.

💳

Sotib olish

Agar sizga fotolampa doimiy foydalanish uchun kerak bo‘lsa, biz qulay shartlar va professional xizmat ko‘rsatishni taklif qilamiz.

🏠

Uy sharoitida xizmat

Mutaxassislarimiz uyingizga borib chaqaloqqa aniq tashxis qo'yadi, chaqaloqni davolashda fotolampalarni ishlatishda yo'riqnomalar berib o'rgatadi.

🩺

Sariqlik bo‘yicha to‘liq pediatr ko‘rigi

Pediatr chaqaloqdagi sariqlik darajasini aniq baholash uchun 8 ta muhim ko‘rsatkichni tekshiradi.

1. Teri va ko‘zning rangi

Sariqlik darajasi vizual ko'rik orqali baholanadi.

2. Tana og‘irligi

Vazn yo‘qotish normadan oshmaganini tekshiradi — bu sariqlikka ta’sir qiladi.

3. Oziqlanishi

Kam emadigan bolalarda bilirubin yuqori bo‘lishi mumkin.

4. Siydik va najas rangi

Qoramtir siydik yoki juda och najas — o‘t yo‘llari muammosidan darak bo‘lishi mumkin.

5. Boshqa simptomlar

Holsizlik, ko‘p uxlab qolish, yomon emish — yuqori bilirubin belgilari.

6. Transkutan bilirubin (TCB)

Pediatr teri orqali qonsiz o‘lchov qiluvchi maxsus asbobdan foydalanadi.

7. Qon tahlili (zarur bo‘lsa)

Bilirubin yuqori bo‘lsa, umumiy, bevosita va bilvosita bilirubin qon orqali tekshiriladi.

8. Fototerapiya zaruriyati

Natijalarga qarab fotolampa kerak yoki kerak emasligini aniqlab beradi.

carousel-img-0
carousel-img-1
carousel-img-2
carousel-img-3
carousel-img-4
carousel-img-5
carousel-img-6
carousel-img-7
carousel-img-8
carousel-img-9